Telegram Group Search
Live stream finished (1 hour)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#тез_кунда

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратларининг 6 жилдлик «Тафсири Ҳилол» ва 33 жилдлик «Ҳадис ва ҳаёт» асарларининг тўлиқ аудионашри жамланган флешкарталар тез кунда сотувга чиқади, иншааллоҳ.

@hilolnashr
#maʼlumot

«Kitobxonlik maktabi» kitobining taqdimoti oʻtkazildi

Bugun «Hilol Nashr» nashriyotida 2 yildan beri oʻtkazib kelinayotgan «Kitobxonlik maktabi» loyihamizga atalgan, loyiha asoschisi, rahbari ustoz Erkin Malikning qalamlariga mansub «Kitobxonlik maktabi» nomli yangi kitobning taqdimoti oʻtkazildi.

Taqdimotga nashriyotimiz bosh muharriri Yorqinjon Haydarov tashrif buyurib, kitobning dunyoga kelish tarixi, kitob haqidagi maʼlumotlar haqida fikrlarini bildirdilar.

Tadbir davomida bir qator tinglovchilarning loyihamiz, uning foydalari haqida fikr-mulohazalari bildirildi, har birlariga taqdimoti boʻlayotgan yangi kitob hadya qilindi.

Tadbir soʻnggida Erkin Malik ustozga qilayotgan xolis xizmatlari, tashkil qilgan va davom etib kelayotgan «Kitobxonlik maktabi» loyihasi, yangi kitob taqdimi uchun tashakkurnoma taqdim qilindi.

Alloh taolodan yangi kitobni barchamiz uchun manfaatli, loyihamizni esa davomiy qilishini soʻrab qolamiz!

🌐 Suhbatni tomosha qiling: https://youtube.com/live/gccmGwyPHGc?feature=share

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangilik

«Bugun bomdod oʻqidingizmi?» kitobi lotin alifbosida qayta nashr qilindi

Bomdod namozi sog‘liq, muvaffaqiyat va baraka keltiruvchi kuchga ega ekanligini bilasizmi? Kitob sizga bomdod namozining ruhiy va jismoniy foydalari haqida batafsil ma’lumot beradi.

Kitob bomdod namozining fazilatlari, bomdod namozi paytidagi imtihon, bomdod namozining vaqti, bomdod namoziga oid yana koʻplab mavzularni oʻz ichiga jamlagan.

Shuningdek, risola bomdod namozini oʻqish, uni qazo qilib qoʻymaslik uchun 10 ta vosita — tavsiya haqida ham siz azizlarga maʼlumot beradi.

👉 Narxi: 22 000 soʻm

☎️ +998712175999

📥 Buyurtma uchun: @hilolnashruzbot

🌐 Saytdan buyurtma bering

📍 Manzillarimiz

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#тез_кунда

Ҳасанхон Яҳё Абдулмажид қори томонидан нашрга тайёрланган янги талқиндаги «Муаллими соний» асари тез кунда нашрдан чиқади, иншааллоҳ.

Китобга ҳарфларни ёзиб ўрганиш учун ҳуснихат дафтари ҳам илова қилинган. Бу ўрганувчи учун қўшимча қулайлик бўлади, деб ўйлаймиз.

@hilolnashr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mehmon

Tez kunda! «Hilol mehmoni»
koʻrsatuvining navbatdagi soni

Mehmon: Bloger Abdurahmon Fozilov

@hilolnashr
#сотувда

«Бахтиёр оила» китоби лотин ва кирилл алифболарида сотувда

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф
ҳазратларининг қаламларига мансуб «Бахтиёр оила» китобларини лотин ва кирилл алифбосида харид қилинг.

Kитобларни «Hilol Nashr» нашриётининг дўконларидан ва kitoblardunyosi.uz сайтимиздан харид қилишингиз мумкин.

👉 Кирилл алифбосида72 000 сўм

👉 Lotin alifbosida 72 000 сўм

☎️ +998712175999

📨 @hilol_reception

📍Манзилларимиз

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉🎉🎉🎉🎉

“Haj va umra amallarining magʻzi” kitobini haj mavsumida bepul oʻqing!

🕋 Islom ruknlarining beshinchisi boʻlgan haj va umra ibodatlari haqida soʻz yuritilgan bu kitobda ushbu ibodatlarni ado qilmoqchi boʻlganlarga tegishli odob va tavsiyalar, bu ibodatlarning fazilatlari, shartlari va hukmlari batafsil bayon qilingan.

Shuningdek, kitobda Paygʻambarimiz alayhissalomni ziyorat qilish odoblari ham keltirilgan.

🎉 Haj mavsumida mazkur ibodatlarga bel bogʻlagan yurtdoshlarimizga munosib tuhfa boʻladi degan umiddamiz.

✍️ Muallif: Mulla Aliy Qori
📝 Tarjima va izohlar muallifi: Hasan domla Qodirov

“Haj va umra amallarining magʻzi” kitobini “Hilol eBook” ilovasida bepul oʻqing! 😊

📱 Ilovani yuklab olish

🟢 @hilolnashr & @hiloldasturlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tadbir

«Bolajonlar bayrami» nomli tadbirga marhamat!

Har yili 1-iyun kuni «Hilol Nashr» nashriyotida oʻtkazilishi anʼanaga kirib borayotgan, bolajonlar uchun moʻljallangan tadbir bu yil ham oʻtkaziladi!

🤩 1-iyun shanba 11:00 da nashriyotimizning majlislar zalida «Bolajonlar bayrami» nomi ostidagi tadbirga taklif qilamiz!

Tadbirga Nozimjon domla Hoshimjon mehmon boʻlib, farzandi bilan kelgan ota-onalar uchun suhbat qilib beradilar, inshaalloh.

Qamariddin Bekmuhammad esa bolalar bilan ham maʼnaviy, ham jismoniy oʻyinlar tashkil qilib, bolajonlaringizning vaqtlarini unumli o'tkazishga harakat qiladilar.

😊 Ha, albatta, busiz boʻlmaydi: tadbirga kelgan, shuningdek, tadbir davomida oʻtkaziladigan oʻyinlarda gʻolib boʻlgan kichkintoylarni esdalik hadyalar ham kutib turibdi!

Marhamat, farzandlaringiz hayotida shirin xotira bilan eslanadigan tadbirga tashrif buyuring! ☺️

📆 1-iyun, 11:00

📍 «Hilol Nashr» nashriyoti

* Tadbir 4 yoshdan katta boʻlgan bolajonlar uchun moʻljallangan

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/29 15:46:18
Back to Top
HTML Embed Code: